» » Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun kutubxonalar tashkil etildi

Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun kutubxonalar tashkil etildi


Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida to‘rtinchi sektor ishchi guruh a’zolari uyma-uy yurib, Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida 37,5 mingga yaqin fuqarolar bilan muloqot qildi va ikki mingga yaqin murojaatlarni qabul qildi. Bu haqda Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur murojaatlarda asosan uy-joyga ehtiyoj mavjudligi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari va tomlarini ta’mirlash, gaz va issiqlik quvurlarini yangilash, bolalar o‘yin maydonchalarini tashkil etish, maktab va bog‘chalarni ta’mirlash, jihozlash, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va kutubxonalarni tashkil etish, kommunal to‘lovlarni to‘lash, ishga joylashishda yordam berish kabi masalalar o‘rin olgan.

Bugunga qadar 1470 ta murojaat joyida hal etilib, 237 tasi “yo‘l xaritasi” va dasturlarga kiritilgan, qolgan murojaatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj va ko‘p bolali oilalarning xonadonlarida viloyat to‘rtinchi sektorining esdalik kutubxonasi tashkil etildi. Xususan, Qo‘shko‘pir tumani Shixmaxshad qishlog‘idan Ruslan Qurbonov hamda Xiva tumani Qushchi Kattabog‘ mahallasida yashovchi Barno Jumaniyozovalar xonadonida farzandlari uchun tashkil etilgan bolalar kutubxonasidan behad mamnun ekanligini bildirgan.

Mazkur kutubxonalar bolalar adabiyoti, badiiy asarlar, o‘zbek xalq ertaklari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi 50 dan ortiq kitoblar bilan boyitilgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют