» » Yamanda fransiyalik ikki ayol jurnalist ozod qilindi

Yamanda fransiyalik ikki ayol jurnalist ozod qilindi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning isyonchi-xusiylar nazoratidagi hududida yo‘qolib qolgan fransiyalik ikki ayol jurnalistni ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Jurnalistlar Ar-Riyoddagi aviabazaga keltirilgani bildirilmoqda.

Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, Saada viloyatidan Xadja viloyatiga yo‘l olgan ikki ayol 2-noyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan.

Shu bilan birga, Gulf News nashri jurnalistlar o‘g‘irlanmagani, balki Yaman shimolidagi harbiy hudud yaqinida ruxsatsiz sayyohat qilganini ma’lum qildi. Ular inson huquqlari bo‘yicha missiya tarkibiga kirgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют