» » Angry birds yaratuvchisi Tallindan Xelsinkiga tunnel qurishni rejalashtirmoqda

Angry birds yaratuvchisi Tallindan Xelsinkiga tunnel qurishni rejalashtirmoqda


Tallin va Xelsinki yaqin vaqt ichida temiryo‘l tunneli bilan bog‘lanishi mumkin, deb yozadi “TASS”.

Fin ko‘rfazi orqali suvosti yo‘li qurilishi bilan ommabop kompyuter o‘yini Angry birds yaratuvchisi Peter Vesterbakka shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda Rovio kompaniyasi marketing departamenti rahbari lavozimini tark etgan tadbirkorning so‘zlariga qaraganda, loyiha Finlyandiya va Estoniya tomonidan ma’qullangan taqdirda tunnel qurilishi keyingi yildanoq boshlanadi. “Texnik jihatdan bu muammo emas. Uni besh yil ichida barpo etish mumkin. Shu tariqa u 2030-yillarda emas, 2020-yillarda tayyor bo‘lishi mumkin”, — deydi Vesterbakka.

Bo‘lajak temiryo‘l tarmog‘ida soatiga 350 kilometrgacha tezlikka erisha oladigan tezyurar poyezdni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 50 yevroga chipta xarid qilgan yo‘lovchi Tallindan Xelsinkigacha bo‘lgan yo‘lga atigi 20 daqiqaga yaqin vaqt sarflashi mumkin. Bundan tashqari, Vesterbakka muntazam yuk tashishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 15 milliard yevroga baholanmoqda. Vesterbaka qurilish davlat mablag‘larini jalb etishni talab qilmasligini ta’kidlaydi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют