» » Moyesda sug‘ur kuni davom etadi. Uning “Vest Hem”dagi debyut o‘yini muvaffaqiyatsiz chiqdi

Moyesda sug‘ur kuni davom etadi. Uning “Vest Hem”dagi debyut o‘yini muvaffaqiyatsiz chiqdi


Slaven Bilichdan bo‘shab qolgan o‘rinni egallab, “Vest Hem” bosh murabbiyiga aylangan Devid Moyes, yangi jamoasidagi ilk o‘yinida imkoniyatni boy berdi.

APL 12-turidan joy olgan uchrashuvda londonliklar “Uotford” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida yengildi. Hal qiluvchi gol 1997-yilda tavallud topgan Risharlison tomonidan urildi. Braziliyalik mazkur futbolchi 12 ta uchrashuvda 5 ta gol urib, “Uotford” yetakchisi bo‘lib turibdi.

Moyes jamoasi xavfli zonadan ko‘tarila olmadi. U o‘tgan mavsumni “Sanderlend”da o‘tkazib, Angliyaning eng shimoliy klublaridan birini quyi ligaga tushirib yuborgandi. Endi “Vest Hem” rahbariyati uni haloskor rolida ko‘rmoqda. Londonliklar kelasi turda “Lester”ni qabul qiladi.

Angliya Premyer-Ligasi

12-tur bellashuvlari

19-noyabr, yakshanba

Gollar: Uill Xyuz, 11 (1:0). Risharlison, 64 (2:0).

20-noyabr, dushanba

“Brayton” — “Stok Siti” — 01:00

Опубликовано: admin (20-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют