» » Livan prezidenti: Biz arab davlatlaridagi ixtiloflar uchun javobgar emasmiz

Livan prezidenti: Biz arab davlatlaridagi ixtiloflar uchun javobgar emasmiz


Livan prezidenti Mishel Aun uning mamlakati boshqa arab davlatlaridagi ixtiloflar uchun javobgar emasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Livan arab davlatlarida ro‘y berayotgan ixtiloflar uchun javobgar emas. U hech kimga hujum qilgani yo‘q va bu ixtiloflar uchun siyosiy barqarorligi va xavfsizligini to‘lov sifatida keltirolmaydi”, — dedi u Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abulg‘ayt bilan Bayrutda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Livandagi vaziyat 4-noyabr kuni mamlakat bosh vaziri Sa’d Haririy ar-Riyodga tashrifi chog‘ida kutilmaganda iste’foga chiqishidan so‘ng o‘tkirlashib ketdi. Haririy “Hizbulloh” shia jangovar harakati va Eronni Livanda va arab davlatlarida ixtilof keltirib chiqarishda aybladi. Shuningdek, unga qarshi suiqasd tayyorlanganini bayon qildi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют