» » Futbol muxlislarini haqorat qilgan Aleksandr Lobanovni “Paxtakor” jarimaga tortdi. Darvozabon uzr so‘radi

Futbol muxlislarini haqorat qilgan Aleksandr Lobanovni “Paxtakor” jarimaga tortdi. Darvozabon uzr so‘radi


Toshkentning “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov “Nasaf”ga qarshi bellashuvdan keyingi hatti-harakati uchun muxlislardan rasman uzr so‘radi. Bu haqda “Paxtakor” matbuot xizmati xabar berdi.

Lobanov O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan bellashuvdan keyin “Nasaf” muxlislarini haqorat qilgandi. Bellashuv “Paxtakor”ning 0:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgach, darvozabon o‘z asablarini jilovlay olmadi.

“Paxtakor” Lobanovning bu qilig‘i borasida yig‘ilish o‘tkazib, o‘z darvozabonini keskin tanqid ostiga olgan va unga nisbatan chora ko‘rib, moddiy jarima tayin qilgan. Bu kabi hol qayta takrorlansa, jazo yanada jiddiyroq bo‘lishi borasida Lobanov ogohlantirilgan.

O‘z navbatida Aleksandr Qarshidagi harakatidan qattiq afsusda ekanini ma’lum qilib, avval “Paxtakor” rahbariyatidan, keyin barcha muxlislardan uzr so‘ragan hamda bu ishini qayta takrorlamaslikka va’da bergan.

“Paxtakor” futbol klubi futbolchilarning xulqi va o‘zini tutishi doimo kuzatuvda ekanini ma’lum qiladi. O‘yinchilarga noprofessional harakatlari uchun choralar ko‘rilib, ular jazoga tortiladi. Klub O‘zbekistonning bayroqdor jamoasi nomiga mos holda faoliyat olib boradi, deb yozdi klub matbuot xizmati.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют