» » Rossiya, Eron va Turkiya terrorchi guruhlar qoldiqlarini yo‘q qilish borasida kelishib oldi

Rossiya, Eron va Turkiya terrorchi guruhlar qoldiqlarini yo‘q qilish borasida kelishib oldi


Rossiya, Turkiya va Eron qurolli kuchlari Suriyada qolgan jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma choralar ishlab chiqdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Choralar uch mamlakat qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlarining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida kelishib olindi.

Xususan, Idlibdagi deeskalatsiya zonalarida koordinatsiya darajasini oshirish, IShID va “Jabhat an-Nusra” guruhlari qoldiqlarini yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov turkiyalik va eronlik hamkasblari — Xulusi Aqar va Muhammad Bagiriyga Suriyada birgalikda olib borilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Suriyada ko‘p natijalarga erishdik”, — dedi u.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют