» » ShHT bosh kotibi: Tuzilma a’zolarining o‘zaro to‘plangan investitsiyalari miqdori 40 mlrd dollardan ortdi

ShHT bosh kotibi: Tuzilma a’zolarining o‘zaro to‘plangan investitsiyalari miqdori 40 mlrd dollardan ortdi


Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarning yangi shakl va uslublarini qidirmoqda. Bu haqda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“ShHT ishtirokchilari infrastruktura, transport, kommunikatsiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarga e’tibor qaratmoqda. Mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarning yangi shakl va uslublarini qidirmoqda. Bu tuzilma a’zolarining o‘zaro to‘plangan investitsiyalari oshib borishiga xizmat qilmoqda. 2016-yilda ularning miqdori 40 milliard dollardan ortdi”, — dedi Rashid Alimov. 

Bosh kotibga ko‘ra, “ShHT doirasidagi iqtisodiy munosabatlar bojxona, transport, savdo va investitsiyalar, bank ishi va moliya, qishloq xo‘jaligi, aloqa va telekommunikatsiya sohalarida tegishli vazirlik va tashkilotlarning ko‘p tomonlama mexanizmlari asosida ta’minlanmoqda”.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют