» » APL klublari Chempionlar Ligasida javlon urayotganida, “Everton” Yevropa Ligasida 5 ta gol o‘tkazib o‘tiribdi

APL klublari Chempionlar Ligasida javlon urayotganida, “Everton” Yevropa Ligasida 5 ta gol o‘tkazib o‘tiribdi


Yevropa Ligasi guruh bosqichining 5-turida Angliya Premyer-Ligasining musobaqada ishtirok etayotgan har ikki klubi mag‘lub bo‘ldi.

Ronald Kumanni iste’foga chiqarganidan buyon o‘ziga yangi bosh murabbiy topa olmayotgan va Devid Ansvortni vaqtincha ushlab turgan “Everton” o‘z maydonida sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Italiyaning “Atalanta” klubiga qarshi safar o‘yinida “Everton” 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘z maydonida esa biryo‘la 1:5 hisobida yengildi.

Gollar: Brian Kristante, 12 (0:1). Brian Kristante, 63 (0:2). Sandro Ramires, 71 (1:2). Robin Gozens, 86 (1:3). Andreas Kornelius, 88 (1:4). Andreas Kornelius, 94+ (1:5).

Noaniq penalti: Alexandro Gomes, 48 (A).

Guruhda “Lion” va “Atalanta” 11 tadan ochko jamg‘arib, kelasi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan. Ular so‘nggi turda zona peshqadamligini aniqlashtirib olish payida bo‘ladi.

Londonning “Arsenal” klubi 4-turdan keyinoq o‘z guruhida peshqadam bo‘lib ulgurgandi. Shu boisdan Arsen Verger jamoasi 5-turga jiddiy e’tibor qaratmadi va mavsumni Bundesligada juda yomon boshlagan “Kyoln”ga imkoniyatni boy berdi.

Gol: Seru Girassi, 62-pen (1:0).

Shu tariqa Yevropa Ligasida zafar quchish uchun Angliyaning faqatgina 1 ta — “Arsenal” klubi kurashda qoladi. “Everton” esa turnirni past ko‘rsatkich bilan yakunlab bo‘ldi. Qayd etish kerak, Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan keyin APLning har besh klubi o‘z zonasida peshqadam bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют