» » Atlantikada g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” kemasi ekipajini qutqarish operatsiyasi to‘xtatildi

Atlantikada g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” kemasi ekipajini qutqarish operatsiyasi to‘xtatildi


Argentina “San-Xuan” suv osti kemasi ekipajining 44 nafar a’zosini qutqarish bo‘yicha operatsiyani to‘xtatadi, biroq submarinani qidirish davom etadi. Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari rasmiy vakili Enrike Balbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ekipajni qutqarish uchun talab etiladigan kunlardan ikki barobardan ko‘proq vaqt sarfladik. Shuncha urinishga qaramay, kemani topishga muvaffaq bo‘lmadik. Qutqarilganlar bo‘lmaydi”, — dedi Balbi.

Rasmiy vakilga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi yakunlanganligi sababli Atlantika okeanida ishlagan uch kema vaqtincha bazaga qaytariladi. Biroq keyinchalik submarinani qidirish davom ettiriladi va ularning safiga boshqa kemalar qo‘shiladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют