» » Turkiya Isroil tomonidan insonlarning o‘limiga olib kelgan kuch ishlatilishini qoraladi

Turkiya Isroil tomonidan insonlarning o‘limiga olib kelgan kuch ishlatilishini qoraladi


Turkiya Isroil hukumatining kuch ishlatish choralarining me’yordan oshgani yuzasidan xavotir bildirdi. Mazkur choralar oqibatida Quddus shahri bo‘yicha Donald Trampning bayonoti yuzasidan protest uyushtirgan to‘rt nafar falastinlik halok bo‘lgan, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz Isroil tomonidan kuch ishlatilishi oqibatida AQShning Quddus shahri bo‘yicha qaroriga qarshi chiqqan to‘rt nafar falastinlikning o‘limiga va yuzlab kishilarning yaralanishi yuzasidan xavotirdamiz. Isroil tomonidan me’yordan ortiq ravishda kuch ishlatilishini qoralaymiz”, — deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

9-dekabr kuni okkupatsiya qilingan Falastin yerlarida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuv oqibatida bir sutkada ikki nafar falastinlikning halok bo‘lgani va minglab arablar jarohatlangani ma’lum bo‘ldi.

Keyinroq Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan aviahujum oqibatida yana ikki nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют