» » Bavariya bilan raqobatlasha olmagan Peter Bosh Dortmund Borussiyasidan istefoga chiqdi

Bavariya bilan raqobatlasha olmagan Peter Bosh Dortmund Borussiyasidan istefoga chiqdi


Dortmundning Borussiya klubi bosh murabbiy Peter Boshni istefoga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh boshqaruvida Borussiya Bundesliganing ketma-ket 8 oyinida zafar qucha olmadi va turnir jadvalida aynan 8-oringa tushib ketdi. Vaholanki, dortmundlik futbolchilar mavsumni dahshatli boshlab, 7 ta turda 6 ta galaba va 1 ta durangga erishgandi.

Jamoaning bu yurishi Bavariya rahbariyatini chochitib, ular italiyalik Karlo Anchelottini istefoga chiqardi va uning orniga Yupp Xaynkesni olib keldi. Xaynkes Bundesligada qayta ish boshlashi bilan esa, Borussiyadan omad yuz ogira boshladi. Otgan mavsum vitse-chempioni Leyptsigdan qabul qilib olingan uy maglubiyatidan keyin, Dortmund klubi ozini onglay olmadi.

Qolaversa, Borussiya futbolchilari Chempionlar Ligasida ham sharmandali natija qayd etdi. Madridning Real va Londonning Tottenhem klublari bilan raqobat hosil qilishi kerak bolgan jamoa, ularga qarshi umumiy 4 ta oyinda ham imkoniyatni boy berdi. Kipr klubini esa ikkala oyinda ham yenga olmadi.

Peter Bosh otgan mavsum Amsterdamning Ayaks klubini Chempionlar Ligasining finaliga olib chiqib, kopchilikning ogziga tushgandi. Ayaks futbolchilari ancha yosh bolsa-da, katta yolni bosib otib, finalda faqatgina Manchester Yunaytedga imkoniyat boy bergandi. Ammo mutaxassisning Germaniyada ishlari yurishmadi.

Endi mavsum yakuniga qadar Borussiyani Peter Shtyoger boshqarib boradi. U yaqinda Kyoln klubidan istefoga chiqqandi. Qizigi shundaki, Kyoln ketma-ket 14 ta oyinda zafar qucha olmay, songgi orinda borayotgani uchun mazkur mutaxassisga chiqish eshiklarini korsatib qoygandi.

: admin (11-12-2017, 10:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -