» » O‘zbekistonda 2018-yili ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda 2018-yili ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi


Vazirlar Mahkamasida O‘zbekistonining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2018-yili ham o‘tgan yillardagi kabi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Davlat budjeti parametrlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 8,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish taklif etilmoqda.

Xususan:

2017—2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi obyektini qurish, 256 ta obyektni rekonstruksiya qilish, 157 ta obyektni mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so‘m (shundan 193 milliard so‘mi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari) yo‘naltirish, bu 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘p;

48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan, bu 2017-yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko‘p;

O‘zbekiston Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga 753,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

Tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni oshirishga 915,4 milliard so‘m yoki 2017-yil parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p mablag‘ sarflanadi;

Tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash uchun 50 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Uy-joy – kommunal xizmatlar ko‘rsatish ishlariga xarajatlar 228,6 milliard so‘mni tashkil etadi, shu jumladan, ko‘p qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m, ko‘p qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga 22,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari orqali 2017—2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m ajratiladi.

“Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard so‘m va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Davlat budjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda.

Muhokamalar yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют