» » Tramp Kongressni AQShning chet eldagi aksilterrorchilik operatsiyalari to‘g‘risida xabardor qildi

Tramp Kongressni AQShning chet eldagi aksilterrorchilik operatsiyalari to‘g‘risida xabardor qildi


AQSh Qurolli kuchlari chet elda aksilterrorchilik operatsiyalari, jumladan, IShID va “Al-Qoida” guruhlariga qarshi operatsiyalar amalga oshirmoqda. Shuningdek, Osiyo va Afrikaning 14 mamlakatiga ushbu sohada ko‘mak ko‘rsatmoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp 11-dekabr, dushanba kuni Amerika qonunchiligiga muvofiq AQSh Kongressi Senati va Vakillik palatasi yetakchilarini xabardor qildi, deb yozadi “TASS”.

Oq uy tomonidan tarqatilgan maktub matnida AQSh bo‘linmalari Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Niger va Iordaniyada IShID va “Al-Qoida”ga qarshi operatsiyalarni davom ettirayotganligi ma’lum qilinadi. Bundan tashqari, Amerika kuchlari va harbiy texnikasi Turkiya hukumati talabnomasiga ko‘ra IShIDga qarshi kurashdagi operatsiyani qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida hamon Turkiyada bo‘lib turmoqda.

Bundan tashqari, Tramp Kongress yetakchilariga Amerikalik harbiylar Misrning Sinay yarimoroli va Serbiyaning Kosovo o‘lkasidagi harbiy kuzatuvchilar missiyasi va tinchlikparvar kuchlar tarkibiga kirishini ma’lum qildi.

Suriya va Iroqda o‘tkazilayotgan operatsiyalar borasida Oq uy hech qanday aniq ma’lumot keltirmadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют