» » O‘zbekistonda “qora rieltorlar”ga qarshi kurash olib boriladi

O‘zbekistonda “qora rieltorlar”ga qarshi kurash olib boriladi


O‘zbekistonda “qora rieltorlar” faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan qator choralarni tayyorlamoqda. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Noqonuniy rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qarshi kurashda asosiy o‘rin Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentiga berilmoqda.

Ular tizimli asosda kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilib, shu asosda litsenziyasiz rieltorlik bilan shug‘ullanuvchi, tegishli qonuniy talablarni bajarmagan holda uy-joy topib berish va ijara shartnomalarini tuzish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar aniqlashini hamda ularning faoliyatigi chek qo‘yilishini ta’minlashi lozim.

Parallel ravishda milliy telekompaniyada kanallari orqali targ‘ibot aksiyalarini olib borish, odamlarni litsenziyasiz ishlayotgan rieltorlar xizmatidan voz kechishga chaqirish rejalashtirilmoqda. Kampaniya sotsial roliklar va maxsus ko‘rsatuvlardan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, kelasi yil aprelidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazlar tashkili etilishi kutilmoqda. Hukumat ularning faoliyatiga ko‘mak beradi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют