» » Lyuksemburg, Finlyandiya va Avstriya Yevroittifoqning diskriminatsiya eng keng tarqalgan davlatlari deb topildi

Lyuksemburg, Finlyandiya va Avstriya Yevroittifoqning diskriminatsiya eng keng tarqalgan davlatlari deb topildi


Lyuksemburg Yevroittifoqning kamsitish eng keng tarqalgan mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda tuzilmaning Asosiy huquqlar bo‘yicha agentligi (FRA) ma’lum qildi, deb xabar beradi  “Kommersant.ru”.

FRA tuzgan reytingda ikkinchi o‘rinni Finlyandiya, uchinchi o‘rinni esa Avstriya egalladi. To‘rtinchi o‘rinda Daniya qayd etildi, beshlikni Shvetsiya yakunlab berdi.

Tadqiqotda 25 mingdan ortiq tasodifiy tanlangan birinchi va ikkinchi avlod muhojirlari ishtirok etdi.

“Yevroittifoq diskriminatsiyani taqiqlaganiga 17 yil bo‘ldi, biroq bu holat hozirgacha davom etmoqda. Muhojirlar, ularning bolalari va etnik ozchiliklar ko‘plab sohalar, xususan, mehnat faoliyatida keng tarqalgan kamsitishni his etib kelmoqda”, — dedi mazkur reytingga izoh bergan FRA direktori Maykl O’Flaerti.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют