» » Nokia 6 (2018): ilk tasvirlarga ko‘ra, u 18:9 romsiz displeyiga ega bo‘ladi

Nokia 6 (2018): ilk tasvirlarga ko‘ra, u 18:9 romsiz displeyiga ega bo‘ladi


Xitoylik manbalarga ko‘ra, Nokia 6 (2018) allaqachon 3C sertifikatsiyasini olgan, endi esa u aloqa bo‘yicha mahalliy komissiya — TENAA tomonidan ma’qullandi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Internetda hali taqdim etilmagan smartfon tasvirlari paydo bo‘ldi, ularga ko‘ra, qurilmaga romsiz ekran o‘rnatiladi.

HMD Global shu yilning yanvarida namoyish etgan original Nokia 6 old paneldagi barmoq izi skaneri va an’anaviy 16:9 displeyi bilan jihozlangan edi, ammo Nokia 6 (2018) old panelida bunday skaner yo‘q.

Tasvirlarga qaraganda, u 18:9 displeyiga ega bo‘ladi va hech qanday tugmalar bo‘lmaydi. Orqa panelda uzaytirilgan kamera moduli, uning yonida esa barmoq izi skaneri bo‘ladi. Smartfon Snapdragon 630 yoki 660 chipida ishlashi taxmin qilinmoqda. Avvalgi mish-mishlar natijasida u 4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira bilan chiqarilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют