» » Ispaniyaning Valensiya portida qiymati 18 mln dollar bo‘lgan yarim tonna kokain topildi

Ispaniyaning Valensiya portida qiymati 18 mln dollar bo‘lgan yarim tonna kokain topildi


Ispaniya huquq-tartibot idoralari va bojxona xizmati Valensiya portidagi kemalardan birida narkotiklarning yirik turkumi — 520 kilogramm kokain topdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Narkotiklar Long-Bichdan (Kaliforniya, AQSh) bodom olib kelgan va Ispaniyaga qadar Lotin Amerikasining qator davlatlarida to‘xtab o‘tgan yuk kemasi konteynerida bo‘lgan.

Tekshiruv bir yilga yaqin vaqt oldi, operatsiya chog‘i portdagi 800 konteyner ko‘zdan kechirildi.

Bu oxirgi 15 kun ichidagi uchinchi muvaffaqiyatli operatsiya bo‘lib, oldinroq Alxesirasda 6 tonna kokain, Barselonada 331 kilogramm geroin aniqlangandi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют