» » O‘zbekistonlik yengil atletikachi Nadiya Dusanova “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Nadiya Dusanova “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi


Yengil atletika orqali o‘zbekistonlik sport muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Nadiya Dusanova Ukrainaning Odessa shahrida “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Dusanova bunday mukofotga sport va jismoniy tarbiya rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun loyiq ko‘rilgan. “Oltin Mangust” xalqaro sovrini ham aynan shuning uchun ta’sis etilgan.

“Oltin Mangust” sportchilarning jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo‘shayotgan hissasidan kelib chiqib, ularni haqli tarzda taqdirlaydigan yagona xalqaro sovrindir. Unda barchasiga obyektiv baho beriladi. Yillik taqdirlash marosimidan asosiy maqsad, sportdagi eng yaxshi an’analarni saqlab qolish va ularni ommalashtirishdan iborat. Biz bunda jahonga taniqli sportchilarni saralab olishga harakat qilamiz. Shu tariqa har yili muntazam ravishda sahnamizda eng yaxshilardan tuzilgan va ramziy ma’noda “G‘alaba bog‘lari” deb nom olganlar guruhi paydo bo‘ladi.

Magomed Magdiyev, “Mangust” jamoatchilik tashkiloti prezidenti

“Mangust” jamoatchilik tashkiloti 2009-yildan buyon o‘zi ta’sis etgan “Oltin Mangust” mukofotini taniqli sportchilarga topshirib keladi. Bunda ta’sischilar mukofot egalarini doimiy ravishda Odessa shahriga taklif etib, ularga sovrinni faqatgina shu shaharda topshiradi.

1987-yilda tavallud topgan Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha xalqaro toifasidagi sport ustasi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют