» » O‘zbekiston IIV raqamli texnologiyalar sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston IIV raqamli texnologiyalar sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi


O‘zbekiston IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi (EKBM) boshlig‘i Nail Galipshin va IIV huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev Janubiy Koreya Bosh prokuraturasi huzuridagi raqamli ekspertizalar milliy markazi raqamli ekspertizalar divizioni (NDFC) mutaxassislari bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida kompyuter texnologiyalari sohasidagi va internet tarmog‘idagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro foydali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

EKBM rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida daktiloskopiya, hujjatlarning texnik ekspertizasi, avtotexnika ekspertizasi, ballistika, trasologiya, fizikaviy-kimyoviy tadqiqotlar va boshqa an’anaviy hamda maxsus tadqiqotlar bilan bir qatorda kompyuter ekspertizalarini o‘tkazish vazifasi dolzarb bo‘lib turibdi. Hozir IIVda EKBM tarkibida kompyuter ekspertizalarini o‘tkazish bo‘linmasini tuzish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda NDFC direktori Choy Jong Mu, uning mas’ul xodimlari divizion tashkil etilish tarixi, rivojlanish yo‘li va istiqbollari, tashkilot xodimlarining faoliyat tamoyillari, ular oldida turgan vazifalar xususida gapirib berdi. Shuningdek, ular tomonidan tergov harakatlari va raqamli ekspertizalarni o‘tkazish usullari hamda uslublarini o‘rgatish bo‘yicha trening tashkil etildi.

Tomonlar kompyuter ekspertizalari sohasida o‘zaro tajriba almashish, Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zolari faoliyat ko‘rsatadigan bo‘linmada o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют