» » Falastinliklar AQSh vitse-prezidentining Isroilga tashrifi arafasida, uning portretlarini yoqib yubordi

Falastinliklar AQSh vitse-prezidentining Isroilga tashrifi arafasida, uning portretlarini yoqib yubordi


Falastinlik namoyishchilar guruhi 17-dekabr, yakshanba kuni Vifleyem ko‘chalaridan birida norozilik aksiyasini o‘tkazdi, unda Amerika vitse-prezidenti Mayk Pens va AQSh ma’muriyatining xalqaro muzokaralardagi maxsus vakili Jeyson Grinblatt portretlari tushirilgan plakatlarni yoqib yuborishdi, deb yozadi “TASS” NBC telekanaliga tayanib.

Aksiyada 30 ga yaqin kishi qatnashdi, plakatlarda, amerikalik siyosatchilardan tashqari, “Vifleyem urush elchilarini emas, tinchlik elchilarini ko‘rishdan xursand” degan yozuv ham bo‘lgan.

Pens 21-dekabr kuni Knesset (Isroil parlamenti)ning uning sharafiga chaqiriladigan maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zga chiqadi. Dastlab 17-dekabrga belgilangan chiqish Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi bayonoti tufayli Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish borasida yuzaga kelgan inqiroz sababli qoldirilgan edi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют