» » 2017-yilda eng tez boyigan milliarderlar reytingi e’lon qilindi

2017-yilda eng tez boyigan milliarderlar reytingi e’lon qilindi


Forbes jurnali 2017-yilda kapitali eng tez o‘sgan kompaniya egalarining reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatdan birinchi o‘rinni Amazon internet-kompaniyasining asoschisi va rahbari Jeff Bezos egalladi. Uning aktivlari yil davomida 33,8 milliard dollarga qimmatlashgani sabab boyligi 98,6 milliard dollarga yetdi.

Ikkinchi o‘rinni Evergrande Group’ning egasi Syuy Szyain egalladi. Uning aktivlarini umumiy qiymati bir yil davomida 27,4 milliardga qimmatlashib, 36,5 milliard dollarga yetdi.

Ro‘yxatdan uchinchi pog‘onani Louis Vuitton prezidenti Berner Arno band etdi. 2017-yilda uning boyligi 23,6 milliard dollarga ortib, 40,3 milliard dollarga yetgan.

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning boyligi esa 23,6 milliard dollarga ko‘paygan. Umumiy miqdorda 72 milliard dollar bilan u ro‘yxatdan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, o‘ntalikdan Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Ma Xuaten, hind mediamagnati Mukesh Ambani, meksikalik biznesmen Karlos Slim, Osiyoning eng badavlat ayollaridan biri Yan Xueyyan, Oracle asoschisi Larri Ellison va Christie’s auksionlar uyining egasi Fransua Pino joy oldi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют