» » Nonna Grishayeva: spektaklimiz g‘oyasi o‘zbekistonliklar qalbiga yetib borishiga umid qilaman

Nonna Grishayeva: spektaklimiz g‘oyasi o‘zbekistonliklar qalbiga yetib borishiga umid qilaman


23—24-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi opera va balet davlat akademik katta teatri sahnasida Moskva viloyat yosh tomoshabinlar teatri “Besh oqshom” (“Pyat vecherov”) dramasini taqdim etadi, deb yozadi Uzbekistan Today.

Teatr badiiy rahbari va bosh rol ijrochisi Nonna Grishayeva nashrga bergan intervyusida Toshkentga birinchi marta safar qilishi tufayli, ham inson, ham aktrisa sifatida juda hayajonlanayotganini aytdi. “Bunday ajoyib madaniyat, tarixga ega shaharni ko‘rish juda qiziq. Artistlar bu gastrollarni katta hayajon bilan kutmoqda”, — dedi u.

O‘zbekistonlik tomoshabinlardan “biz faqat bitta narsani — spektaklni tushunishlarini kutyapmiz, chunki pyesa — juda maishiy, spektakl va postanovkaning o‘zi — juda ramziy. Umid qilamanki, biz tomoshabinga muallif tomonidan berilgan, rejissor tomonidan rivojlantirilgan g‘oyani ushbu postanovkada o‘zbekistonliklar qalblariga yetkazamiz”, — dedi aktrisa.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют