» » Belaruslik mutaxassis Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Belaruslik mutaxassis Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti “Iqtisodiyot kafedrasi” mudiri Vladimir Parximenko Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bilan muvaffaqiyatli startaplarni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida u Belarus Yuqori Texnologiyalar Parkini tashkil etish va rivojlantirish tarixi haqida so‘zlab berdi. Ushbu park Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik IT-klasterlardan biridir. Park rezidentlari butun dunyoga taniqli bir qancha IT-loyihalarni ishlab chiqqan.

Vladimir Parximenkoning qayd etishicha, Park rezidentlarining mahsulotlaridan biri – War of Tanks onlayn o‘yini, Viber bepul qo‘ng‘iroqlar ilovasi va boshqalar.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Yuqori Texnologiyalar Parki xodimlarining 35 foizdan ortig‘i Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetini bitirgan.

Parximenko shuningdek, mazkur jarayonga tadqiqotlar olib borish uchun xususiy yirik IT-kompaniyalarni jalb qilish kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

Belaruslik mutaxassis shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bilan muvaffaqiyatli startaplarni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning fikriga ko‘ra, startap asoschilari kuchsiz va kelajagi yo‘q g‘oyalardan voz kechish uchun eng avvaldan g‘oyaga yuqori talab qo‘yishi kerak. U startaplar uchun 10 ta savol-filtr haqida so‘zlab berdi, bu startaplar asoschilariga o‘z loyihalari qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishini aniqlash imkonini beradi.

Xususan, Vladimir Parximenko startap loyihasi uchun biznes modellarini ishlab chiqish, loyihani monetizatsiya qilish uchun modellar va boshqalar haqida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi

Опубликовано: admin (26-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют