» » Ekspert: Orolni tiklash uchun Jizzaxdagi katta ko‘llar tizimi suvi quyilishi kerak

Ekspert: Orolni tiklash uchun Jizzaxdagi katta ko‘llar tizimi suvi quyilishi kerak


Ko‘p yillardan buyon qishloq xo‘jaligi sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan davlat arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimovni xalqimiz Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanib kelayotgan olim sifatida yaxshi taniydi. Yetmish yoshni qarshilagan el oqsoqoli – tinib-tinchimas odam. U juda band inson bo‘lishiga qaramasdan, Qoraqalpog‘iston axborot agentligi sharhlovchisi bilan ilmiy yangiliklarini bo‘lishishga rozi bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

– Maqsud Yuldashevich, Orol fojiasi natijasida birinchi navbatda xalqimiz, so‘ngra butun dunyo jabrlanayotgani bot-bot takrorlanib kelinmoqda. Uning oqibatlarini yengillashtirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar olib borildi. Xo‘sh, ahvol o‘zgardimi? 

– Birinchidan, Orol dengizining suvi tortilib, qurigan qismida yangi tuproq qatlamining paydo bo‘lish jarayoni ketmoqda. Tabiiy tarzda o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqmoqda. Demak, qurib qolgan maydonlar zaharli chang-to‘zonlardan tozalanib, bu yerdagi tuproq hosildorligi ortmoqda. Ikkinchidan, hozirgi paytda suvsizlanib qolgan maydonlarda yuz minglab gektar yerlarga o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘simliklar (saksovul, qandim va hokazo) ekilib, o‘rmonlar barpo etilmoqda. Orol dengizining 5,5 million gektar maydonidagi qurib qolgan yerlarning kamida 3,5 million gektar yerida tabiatning kuchi bilan o‘t-o‘lanlar o‘sib ketsa, bu yerlarda ulkan yaylov maydonlari paydo bo‘lishi mumkin.

Hozirgi paytda ekologik vaziyatlar sababli Qizilqum va Ustyurt yaylovlarining tabiiy hosildorligi kamayib bormoqda. Shu sababli dengizning suvsiz maydonlarini chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanish kelajakda dolzarb muammoga yechim bo‘la olar edi. Bu choralar uzluksiz amalga oshirilsa, hududdagi ekologik ahvol ham yaxshilanishi kutilmoqda.

– O‘t-o‘lan o‘smaydigan yerlarda chang-to‘zon hali ham ko‘tarilishda davom etmoqdami? 

– Buning ham chorasi topildi. Yaqinda Qoraqalpoq davlat universitetining Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti Maxmud Allamuratov ilmiy yangilik – dengizning o‘simlik o‘smaydigan qumli yerlarida qumlarning ko‘chishini to‘xtatish uchun sepiladigan (purkaladigan) kimyoviy birikmani ixtiro qildi. “Amu 1”, “Amu 2” nomi berilgan ushbu birikmalar qumning yuzasini 8 millimetr qalinlikda qotirib tashlaydi. Har yomg‘ir yog‘ishi birikmaning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

– Orol dengiziga suv olib kelishning imkoni bor ekan. Siz yaqinda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada shu masalani ko‘targan edingiz. Demak, dengizni to‘ldirish mumkin, shundaymi? 

– Jizzaxda katta ko‘llar tizimi bor. 1969-yili Sirdaryo suvining to‘lib, 21 kub kilometr suvning qirg‘oqlaridan chiqib ketishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu Aydar-Arnasay ko‘llar tizimi hozir Qizilqumni botqoqlikka aylantirmoqda. Chunki, 1993-yildan buyon bir necha bor Sirdaryoning ortiqcha suvi shu ko‘llarga quyilib, ko‘llar tizimining maydoni yildan-yilga kattalashib bormoqda. Uning suvini bekorga cho‘lga oqizib yuborilgandan ko‘ra, Orol dengiziga quyishning chorasi ko‘rilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan, albatta, dengiz to‘lib qolmaydi, lekin uning minerallashuv (tuz ko‘lamining ortishi) darajasining pasayishiga xizmat qiladi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют