» » Apple xavfsizlik yuzasidan Tim Kukni faqat shaxsiy samolyotda uchishga majbur qildi

Apple xavfsizlik yuzasidan Tim Kukni faqat shaxsiy samolyotda uchishga majbur qildi


Apple kompaniyaning bosh direktori Tim Kukni qo‘shimcha xavfsizlik chorasi sifatida faqat shaxsiy samolyotlarda uchishga majbur qildi. Direktorlar kengashining qarori nafaqat xizmat safarlariga, balki shaxsiy safarlarga ham taalluqli. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Apple safar xarajatlarini to‘lab beradi, biroq Kuk ulardan soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, Apple rahbariyat va top-menejerlarning daromadlarini ham ma’lum qilgan. Tim Kuk 2017-yilda qariyb 102 million dollar daromad olgan. Bu summaga 3,6 million dollar miqdoridagi ish haqi, 9,33 million dollar miqdoridagi bonuslar va kompaniyaning 89,2 million dollar miqdoridagi aksiyalar paketi kirgan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют