» » “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi

“Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi


Bugun, 29-dekabrdan “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi, deb xabar berdi O‘zA.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.

“Kelajak bunyodkori” medali nizomiga ko‘ra, mazkur mukofot bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Medalni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmaganlar ham olishi mumkin.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan kimki vafotidan keyin mukofotlansa, medal va pul mablag‘lari uning oilasiga topshiriladi.

Medal bilan taqdirlanganlar “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalana oladi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Prezidenti mukofotlaydi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют