» » So‘rov: Shavkat Mirziyoyev — Yil odami

So‘rov: Shavkat Mirziyoyev — Yil odami


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, tugayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda mamlakatning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi (90,5 foizi) uchun 2017-yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.

Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют