» » “Abu Saxiy”ning nomi o‘zgargach, davlat budjetiga 14 baravar ko‘p pul tusha boshladi

“Abu Saxiy”ning nomi o‘zgargach, davlat budjetiga 14 baravar ko‘p pul tusha boshladi


Toshkentning eng yirik buyum bozorlaridan biri hisoblangan sobiq “Abu Saxiy” mas’uliyati cheklangan jamiyatida davlat budjetiga bir oyda 5 milliard so‘m pul tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati 5-yanvar kuni ma’lum qildi.

Prezident matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, ushbu bozor “Toshkent ipak yo‘li” majmuasiga aylantirilgandan so‘ng, atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan. Ya’ni, yangi tuzilma yarim oyda davlat budjetiga eski “Abu Saxiy”ning yetti oylik tushumini keltirgan.

Prezident matbuot xizmati “Abu Saxiy”ning nomi o‘zgarganini rasman tasdiqlagan ilk muassasa bo‘ldi, biroq bu o‘zgarish aynan qachon bo‘lgani, “atigi 15 kun” deyilganda qaysi sanalar oralig‘i nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etish joiz, bozorning nomi o‘zgargani haqidagi dastlabki xabarlar 2017-yil dekabri o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, biroq hozirga qadar rasman na tasdiqlangan, na rad etilgan edi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют