» » Finlyandiyada uchuvchi samolyot eshigining tasodifan yopilishidan halok bo‘ldi

Finlyandiyada uchuvchi samolyot eshigining tasodifan yopilishidan halok bo‘ldi


Kittilya aeroportida (Finlyandiya) Gulfstream xususiy samolyotining uchuvchisi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Noxush hodisa 4-yanvar, payshanba kuni sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, 20 o‘rindiqli Gulfstream G150 havo kemasining kapitani o‘z kabinasiga kirayotganida eshik tasodifan yopilib qolgan. Olingan jarohat oqibatida erkak voqea joyidayoq vafot etgan.

“Samolyot eshigining ayrim qismlari 10 metrdan uzoqroqqa uchib ketgan. Samolyot bortida nimadir sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan boshqa savollar ham tug‘ildi. Biz barcha tafsilotlarni o‘rganmoqdamiz”, — deydi Finlyandiya aviatsiya hodisalarini tergov qilish byurosi vakili Sakari Lauriala.

Halok bo‘lgan uchuvchining yoshi 50 da bo‘lgan va u Germaniya fuqarosi hisoblanadi. Bundan tashqari o‘sha vaqtda samolyot bortida hech kim bo‘lmagan.

Aniqlanishicha, 2012-yilda ishlab chiqarilgan samolyot Avstriyaning Skyline Aviation kompaniyasiga tegishli, biroq u Kiyevda ro‘yxatdan o‘tgan. Skyline Aviation ushbu samolyotni Ukrainaga lizingga bergan. U Finlyandiyaga Moskvadan kelgan va keyinroq Yekaterinburgga uchishi kerak bo‘lgan.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют