» » “Al-Garafa” Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi o‘yin oldidan mashhur Uesli Snayder bilan shartnoma imzoladi

“Al-Garafa” Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi o‘yin oldidan mashhur Uesli Snayder bilan shartnoma imzoladi


Gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Snayder faoliyatini Qatarning “Al-Garafa” klubi safida davom ettiradi. Bu haqda klubning Twitter sahifasida ma’lumot berildi.

Avvalroq turk nashrlari Snayder “Al-Garafa” bilan og‘zaki kelishuvga erishgani borasida xabar tarqatgandi. Keyinroq qatarliklar bu xabarni rasman tasdiqladi. Shartnoma shartlari va uning qanchaga mo‘ljallangani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

“Bu muxlislarimiz uchun yangi yil sovg‘asidir. Snayder biz bilan shartnoma imzolaydi. Transfer ishlari ertaga yakuniga yetadi”, — deb “Al-Garafa” matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan “Championat.asia” nashri.

“Al-Garafa” Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l olish uchun 30-yanvar kuni Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi kurash olib boradi. Bitta o‘yindan iborat pley-offga Qatar mezbonlik qiladi.

33 yoshli Snayder o‘z vaqtida “Ayaks”, “Real Madrid”, “Inter”, “Galatasaray” kabi klublar safida to‘p surgan. U Gollandiya terma jamoasi uchun 133 ta o‘yinda ishtirok etib, 31 ta gol urishga erishgan. 2010-yilgi Jahon Chempionatida esa finalga qadar yetib borgan.

Snayder joriy mavsumni Fransiyaning “Nitssa” klubi safida boshlab, 5 tagina o‘yinda maydonga tushgandi. Qayd etish kerak, bungacha u o‘zi o‘ynagan barcha jamoalar bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, o‘sha Gollandiya, Ispaniya va Turkiyada Superkubokni ham begona qilmagan.

O‘zining gullagan davrlarini “Inter”da o‘tkazgan Snayder 2010-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchgandi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют