» » O‘zbekistonda birinchi marta: Tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari o‘qishni 5 oy avval tugatdi va 8-yanvardan viloyatlarda ish boshlaydi

O‘zbekistonda birinchi marta: Tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari o‘qishni 5 oy avval tugatdi va 8-yanvardan viloyatlarda ish boshlaydi


O‘zbekistonda birinchi marta tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlarida ta’lim olayotgan 7-kurs bakalavr hamda klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi muddatidan 5 oy oldin yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati axborot berdi.

Xabar berishlaricha, so‘nggi bir oy davomida hududlar, tumanlar va shifo maskanlarida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida tibbiyot yo‘nalishidagi barcha bitiruvchilar doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida o‘z sohasi bo‘yicha ishga joylashtirilgan.

“Ular 8-yanvardan boshlab ish faoliyatini boshlaydi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya institutining 7-bosqich bakalavriat va 2-bosqich ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari 6-yanvar kuni “Shifokorlikka qasamyod” qabul qilgan.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют