» » Tibbiyot oliygohlarining budjetda o‘qigan bitiruvchilari propiska joyiga qarab qishloq vrachlik punktlari bo‘ylab taqsimlanadi

Tibbiyot oliygohlarining budjetda o‘qigan bitiruvchilari propiska joyiga qarab qishloq vrachlik punktlari bo‘ylab taqsimlanadi


2017/2018-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlarining davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilari propiska joyiga qarab qishlov vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar bo‘ylab taqsimlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 27-sentabrdagi “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.

Bitiruvchilarni taqsimlash bilan sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil etilgan komissiya tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj haqidagi arizalar asosida shug‘ullanadi. Bitiruvchi belgilangan punktda uch yil ishlab berilishi lozim bo‘ladi.

Bakalavriatni tamomlab, magistratura yoki klinik ordinaturaga kirganlar o‘qish shaklidan (grant yoki shartnoma) qat’iy nazar propiska joyi bo‘yicha ishlab berilishi talab etiladi.

Majburiy ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchi davlat budjetiga EKIHning 400 barobari miqdorida badal to‘laydi.

Bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning originali uch yillik mehnatdan so‘ng mehnat daftarchasidagi yozuv asosida yoki badal to‘langanidan so‘ng topshiriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют