» » Rossiyadan taklif bo‘lsa-da, “Nasaf” ikkinchi muhim legioneri bilan ham yangi shartnoma imzoladi

Rossiyadan taklif bo‘lsa-da, “Nasaf” ikkinchi muhim legioneri bilan ham yangi shartnoma imzoladi


Himoyachi Igor Golban 2018-yilgi mavsumni ham Qarshining “Nasaf” klubi safida o‘tkazadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri futbolchining agenti Sefir Alibayevga asoslanib ma’lumot berdi.

Golban “Nasaf” uchun muhim figuralardan biri edi. Bungacha 2017-yilgi mavsum to‘purarlaridan biri bo‘lgan Dragan Cheran bilan shartnomasini uzaytirgan “Nasaf”, endi Igor Golban bilan yana bir yillik kelishuvga erishgan.

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Safir Alibayevning so‘zlariga ko‘ra, Golban xizmatlari bilan Samaraning “Krilya Sovetov” klubi jiddiy qiziqayotgandi. Biroq Golbanning o‘ziga O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan Super Liga qiziqarliroq tuyulgan. U Rossiya birinchi divizionidan ko‘ra, O‘zbekiston elitasini afzalroq bilgan.

“Nasaf” 2017-yil hisobidan o‘zining 6 yetakchi futbolchisini “Paxtakor”ga “boy bergandi”. Endi esa qolgan yetakchilari bilan birin-ketin shartnomalar imzolamoqda. Klub 30-yanvar kuni Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun o‘z maydonida Iordaniya chempioni bo‘lgan “Al-Faysaliy” klubini qabul qiladi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют