» » Samarqandda “Askar onalarini sharaflaymiz!” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Askar onalarini sharaflaymiz!” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi


14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Askar onalarini sharaflaymiz!” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda samarqandlik onalar Buxoro viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandlari bilan uchrashdi.

“Viloyatimizning barcha tuman, shaharlaridan kelgan ayollarni ko‘rib, xotin-qizlar qo‘mitasi biror tadbir uyushtirgandir-da deb o‘yladim. Boshqalardan so‘rasam, ular ham nima sababdan chaqirishganini bilmasliklarini aytishdi. Birozdan so‘ng viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, harbiy xizmatchilar kelib, bugun harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandlaringiz bilan uchrashasizlar, deyishganida avvaliga hayron bo‘lib bir-birimizga qaraymiz, deng. Keyin quvonchdan chapak chalib yuboribmiz. Bir lahzadan so‘ng qo‘lida guldasta ko‘tarib, biz tomon shaxdam qadamlar bilan kelayotgan askarlar orasida o‘g‘lim Shahbozbekni ko‘rdim-u yugurib borib, bag‘rimga bosdim”, — deydi payariqlik Nilufar Haydarova.

“Registon maydonidagi diydorlashuvdan so‘ng ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi. Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, muzey va madaniyat maskanlariga sayohat uyushtirildi”, — deyiladi xabarda.

Askarlar o‘zlari xizmat qilayotgan harbiy qismlarda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, xizmat jarayoni haqida onalariga so‘zlab berdi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют