» » “Paxtakor” yana bir turk klubini mag‘lub etdi. Aleksandr Lobanov bu safar ham penalti qaytardi

“Paxtakor” yana bir turk klubini mag‘lub etdi. Aleksandr Lobanov bu safar ham penalti qaytardi


Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi ikkinchi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushdi.

Bungacha Turkiya 3-ligasi vakilini yirik — 3:0 hisobida taslim qilgan “paxtakorchilar”, endi mamlakat 2-ligasi a’zosi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Xuddi o‘tgan safar bo‘lgani kabi, “Nasaf”dan olib kelingan himoyachilardan biri bu gal ham gol urdi.

“Turgutluspor”ga qarshi bellashuvda Aleksandr Lobanov 2 ta penaltini qaytarishga erishgandi. Ikkinchi o‘yinda ham hakamlar aynan Lobanov o‘ynayotgan vaqtda “Paxtakor” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi tayin qildi. Lobanov bu safar ham o‘zini ko‘rsatib, penaltini qaytarishga erishdi.

O‘rtoqlik o‘yini

Belek, Turkiya

12-yanvar, juma

Gollar: Akmal Shorahmedov, 4 (1:0). Jasur Hakimov, 86 (2:0).

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov (Eldor Suyunov, 46) — Farrux Sayfiyev (Stanislav Andreyev, 64), Marko Simich (Vladimir Kozak, 64), Sherzod A’zamov (Akbar Ismatullayev, 64), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Doston Ibrohimov, 64), Jaloliddin Masharipov (Sobit Sindarov, 64), Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Ibrohim G‘anixonov, 64), Tiago Bezerra (Jasur Hakimov, 64).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют