» » O‘zbekistonda ilk marta National Stone brendi ostida sun’iy kvars toshi ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekistonda ilk marta National Stone brendi ostida sun’iy kvars toshi ishlab chiqarilmoqda


Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Olmaliq Metal Group Industries” MChJ tomonidan O‘zbekistonda ilk marotaba National Stone brendi ostida sun’iy kvars toshi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Korxona Olmaliq sanoat zonasida bunyod etilgan bo‘lib, u zamonaviy Xitoy texnologiyalari bilan jihozlangan. 50 dan ortiq kishi mehnat qilayotgan korxonada 20 xil rangdagi sun’iy kvars toshlari ishlab chiqarilmoqda.

Sun‘iy kvars toshi uylar, mehmonxonalar, banklar, shifoxonalar, yirik savdo markazlari, bir so‘z bilan aytganda, barcha turdagi binolar qurilishida foydalaniladi. Sun’iy kvars toshining o‘ziga xos xususiyati radioktivlik darajasining pastligi, yorqin ranglar (xaridor istagan rangda mahsulot tayyorlab beriladi) qulay variantlar, kesishdagi aniqlik, ustki qismining yaltiroqligi va chidamlilik hisoblanadi.

“Olmaliq Metal Group Industries” MChJ bir vaqtning o‘zida mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, yetkazib va o‘rnatib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan.

Sun’iy kvars toshidan qanday maqsadda foydalaniladi?

Sun’iy kvars toshi binolar ta’mirida keng qo‘llaniladi:

Sun’iy kvars toshining afzalliklari:

Yemirilmaslik xususiyati

National Stone mahsulotlari yemirilmaslik xususiyatiga ega, bu esa uning uzoq xizmat qilishini ta’minlaydi.

Mexanik bosimga chidamli

Sun’iy kvars toshi mexanik bosimga chidamli va turli zarbalarga qarshi tura oladi.

Sirpanuvchan emas

Sirpanish xavfi yuqori bo‘lgan yuzalar uchun qo‘llaniladi

Kimyoviy moddalarga chidamli

National Stone toshlari kimyoviy vositalarga qarshi xususiyatga ega. Ularning yuzi kimyoviy tozalik vositalari bilan tozalanganida yemirilmaydi.

Kirlanishlarga chidamli

Sun’iy kvars toshlarida tabiiy kovak va teshiklar yo‘q, bu xususiyat esa mahsulotning kirlanishini oldini oladi va uning kirlanishlarga chidamliligini oshiradi.

Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurasha oladi

National Stone toshlari o‘ta sovuq va o‘ta issiq haroratda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, xususan rangini o‘zgartirmasligi amalda isbotlangan.

Antibakterial xususiyatga ega

Toshning ustki qismi bakteriya va mog‘orlanishga chidamli. U oson tozalanadi.

Sun’iy kvars toshi tabiiy toshdan nimasi bilan farqlanadi?

Sun‘iy kvars toshi o‘zining mustahkamligi va mexanik ta’sirga chidamliligi bilan tabiiy toshdan farq qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasi tufayli material strukturasida kovaklar bo‘lmaydi. Shuningdek, sun’iy kvars toshi namlikni o‘tkazmaydi, har qanday ob-havo sharoitiga chidamli. Uning yana bir afzalligi xaridorga uzoq muddat xizmat qiladi.

“Korxonamiz 2015-yil 27-oktabr kuni yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2016-yil mart oyidan boshlab, korxonani tashkil etish uchun kapital ta’mirlash ishlarini olib bordik. Biznes boshlashdan avval bozorni o‘rgandik. Qaysi iqtisodiyot sektoriga investitsiya olib kirish ustida bosh qotirdik. Shu paytga qadar hozirda biz ishlab chiqarayotgan sun’iy kvars toshi Ispaniya, Italiya va Xitoy kabi mamlakatlardan import asosida olib kelingan. Bizning korxonamiz sun’iy kvars toshi ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O‘zbekistondagi yagona korxona hisoblanadi. Maqsadimiz — O‘zbekiston ichki bozorining sun’iy kvars toshiga bo‘lgan ehtiyojini to‘yintirish va mahsulotni xorijiy davlatlarga eksport qilish. Agar korxonamiz to‘la quvvat bilan ishlasa, bir sutkada 500 dona ya’ni 925 metr kvadrat, yil mobaynida esa 300 000 (uch yuz ming) metr kvadrat  sun’iy kvars toshi ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bundan tashqari kelajakda ya’ni 1—2 yil mobaynida ishlab chiqarish quvvatini 1 000 000 metr kvadratga yetkazish hamda Osiyo, Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlariga ham o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shish niyatidamiz. Tashkent City, Toshkent viloyatida tashkil etiladigan Nurafshon City, va Smart City’lar qurilishiga va bugungi kunda respublikamizda quriladigan bino va inshootlar, ofislar, savdo va ko‘ngilochar markazlariga o‘z mahsulotimizni yetkazib berishga tayyormiz”, — deydi “Olmaliq Metal Group Industries”  MChJ direktori Bobur Qo‘chqorov.

“Olmaliq Metal Group Industries” MChJ manzili: Toshkent viloyati Olmaliq shahri sanoat zonasi

Murojaat uchun telefonlar: +998 (95) 145-80-01 146-80-01, +998 (93) 182-70-02, 182-70-10

Pochta: sales@nationalstone.uz

Website: www.nationalstone.uz

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют