» » Toshkentda 7 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush ushlandi

Toshkentda 7 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush ushlandi


Toshkent shahar IIBB valyutani noqonuniy ayirboshlash bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan ma’lumot berdi.

15-yanvar kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro Umarov Baxodir Safarovich ariza bilan murojaat qilib, unda Nodir ismli shaxs valyuta qimmatliklarini qora bozor narxida qonunga xilof ravishda olish-sotish bilan shug‘ullanib kelayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Ushbu ariza asosida shu kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan yuqorida ko‘rmatilgan shaxsni qo‘lga olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilib, uning natijasiga ko‘ra soat 20:00 larda Olmazor tumani hududida G‘aniyev Nodirjon Abduxalilovich fuqaro B.S. Umarovga 7000 dollarni 57750000 so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Holat yuzasidan N.A. G‘aniyevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Arizachining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют