» » Abdulaziz Komilov belaruslik hamkasbini ikki davlat o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan tabrikladi

Abdulaziz Komilov belaruslik hamkasbini ikki davlat o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan tabrikladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov belaruslik hamkasbi Vladimir Makeyga maktub yo‘llab, uni ikki davlat o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan tabrikladi. Maktub matni TIV saytida keltirildi.

Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Vladimir Makey Janobi Oliylariga

Hurmatli Vladimir Vladimirovich,

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan mening samimiy tabrigimni va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlab aytmoqchimanki, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston – Belarus munosabatlari o‘tgan chorak asr davomida sherikchilik va konstruktiv hamkorlik ruhida faol rivojlanib keldi.

Ishonchim komilki, Minskda O‘zbekiston Elchixonasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘taradi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga kuchli turtki beradi.

Aminmanki, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona aloqalar bundan keyin ham ikki mamlakat xalqlarining farovonligi yo‘lida jadal rivojlanadi va mustahkamlanadi.

Ushbu muhim kunda, ruxsatingiz bilan Sizga, hurmatli Vladimir Vladimirovich, va Sizning rahbarligingizdagi Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga sog‘lik, farovonlik va har tomonlama muvaffaqiyatlar tilayman.

Chuqur hurmat bilan,

Abdulaziz Komilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют