» » Mundialga tayyorgarlik ko‘rishning yangi uslubi: Saudiyaning 9 futbolchisi bir vaqtda Ispaniya klublariga o‘tdi

Mundialga tayyorgarlik ko‘rishning yangi uslubi: Saudiyaning 9 futbolchisi bir vaqtda Ispaniya klublariga o‘tdi


Shu yilning yozida Rossiya yashil maydonlarida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham ishtirok etadi. Saralashda Avstraliya, BAA, Iroq, Tailand kabi termalarni ortda qoldirib ketgan Saudiya, mundialga tayyorgarlik borasida inqilobiy qadam tashlashga qaror qildi.

Bunda saudiyaliklar Ispaniya La Ligasi bilan hamkorlik qilishga qaror qildi va uning doirasida milliy termaning 9 futbolchisini Ispaniya klublariga jo‘natib yubordi. Shularning 3 nafari Primyerada to‘p sursa, yana 4 nafar futbolchi Segunda Liga klublarida faoliyatini davom ettiradi. Ikki yosh futbolchi akademiya darajasida shug‘ullanadi.

Qayd etish kerak, Saudiya Arabistoni termasi gollandiyalik Bert van Marveyk bilan JCh—2018 chiptasiga ega chiqqandi. Biroq mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, Gollandiya termasini JAR—2010 mundialida finalga qadar yetaklab borgan murabbiy Saudiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Buning sababi ochiqlanmadi. Quyida Ispaniya klublarida faoliyatini davom ettiradigan futbolchilar bilan tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют