» » To‘shakda yotgan bemorlar hamda nogironlarga pasport berish qay tartibda amalga oshiriladi?

To‘shakda yotgan bemorlar hamda nogironlarga pasport berish qay tartibda amalga oshiriladi?


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbdirlar to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq, fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasportining amal qilish muddati 2018-yilning 1-iyul kuniga qadar belgilangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Og‘ir kasalligi va nogironligi tufayli harakati cheklangan fuqarolarni biometrik pasport bilan hujjatlashtirish maxsus qo‘lda olib yuruvchi uskuna yordamida, shaxsning uyida, kasalxona yoki shu toifadagi muassasalarda amalga oshirilmoqda.

Yuqorida keltirilgan qaror talablaridan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan talablarni buzmaslik maqsadida, poytaxtning tuman ichki ishlar boshqarmalari “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlari”ga tashrif eta olmayotgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni doimiy yashash manzilidagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga taqdim etishi so‘raladi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;

Biometrik pasport olish haqidagi ariza;

Nogironlik haqidagi guvohnoma yoki sog‘liqni saqlash idorasining ma’lumotnomasi;

Fuqaroning “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlari”ga sog‘lig‘i tufayli tashrif qilma olmasligi haqidagi dalolatnoma (mahalla fuqarolar yig‘inidan tasdiqlanadi);

Davlat boji to‘langanligi haqidagi chipta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют