» » Buryatiyada maktabga uyushtirilgan hujumning ikki ishtirokchisi qo‘lga olindi

Buryatiyada maktabga uyushtirilgan hujumning ikki ishtirokchisi qo‘lga olindi


Buryatiyada Ulan-Ude maktabiga uyushtirilgan hujumning ikki ishtirokchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi sayti ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ayblanuvchi, guvohlar, jabrlanuvchilar so‘roq qilinishi va boshqa tergov harakatlari natijalariga ko‘ra, bosqinchi jinoyatni ikki sinfdoshi ishtirokida sodir etganligi aniqlandi. Ulardan biri 15, ikkinchisi esa 14 yoshda.

Ular ayblanuvchi rejalaridan xabardor bo‘lgan, yonuvchi aralashmali butilkani tayyorlashga yordam bergan, maktab binosida o‘qituvchi sinfxonada ekanligiga ishonch hosil qilgan va yon-atrofdagi vaziyatni kuzatib turgan.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan ayblov e’lon qilingan, jinoiy ish yuzasidan surishtiruv davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют