» » “O‘zsanoatqurilishbank”: Overdraft — Sizning “ishonchli hamyoningiz”!

“O‘zsanoatqurilishbank”: Overdraft — Sizning “ishonchli hamyoningiz”!


Endi Sizda oylik ish haqini avvaldan olish imkoniyati bor. Ishonmaysizmi?

Ishoning, “O‘zsanoatqurilishbank” Sizga yordam beradi! Sizning orzuingiz biz bilan ro‘yobga chiqadi!

“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlari va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, overdraft krediti berishni yo‘lga qo‘ydi!

Hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng kreditni o‘z ehtiyojingizga qarab, bankka kelmasdan, kunning istalgan vaqtida, onlayn tarzda, bor-yo‘g‘i 1–2 daqiqada olishingiz mumkin!

Kredit oluvchi bankka bor-yo‘g‘i quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- pasporti nusxasi;

- kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;

- jismoniy shaxs kafilligi (kafilning pasporti nusxasi, oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma).

Kreditning faqatgina bitta sharti bor, u ham bo‘lsa kredit oluvchi ish haqi olish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan taqdim qilingan UzCard plastik kartasiga ega bo‘lishi lozim!

Kredit plastik kartangizga UzPSB Mobile ilovasi orqali Sizning elektron so‘rovingizga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Plastik kartaga yuklangan kredit mablag‘i o‘z ehtiyojingizga qarab, hech qanday cheklovlarsiz ishlatilishi mumkin!

Kreditning maksimal summasi o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, 12 oyga, yillik 24 foiz, ochiq liniya shaklida beriladi (ya’ni, kredit to‘lanishi bilan avtomat ravishda, shu zahoti yangi kredit olish imkoniyati paydo bo‘ladi!).

Keling, buni aniq raqamda ko‘rib chiqamiz:

O‘rtacha oylik ish haqi 2 million so‘mni tashkil qiladi, Siz shuncha summagacha bo‘lgan mablag‘ni kredit evaziga yillik 24 foiz bilan olishingiz mumkin.

Deylik, oyning 1-sanasida 2 million so‘m kredit olindi va oy oxirida (30 kundan keyin) qoplandi. Foiz bir oy uchun: 24% / 12 oy = 2 foiz (bir oy uchun).

Kredit bo‘yicha foizlar kreditning amalda foydalangan qismi uchun quyidagicha hisoblanadi:

(kredit summasi * 24% * kunlar soni) / 365 kun = kredit foizi summasi

(2 mln. so‘m * 24% * 30 kun) / 365 kun = 39 452 so‘m

Marhamat, hozirning o‘zida “O‘zsanoatqurilishbank”ning o‘zingizga qulay bo‘lgan filiallariga murojaat qiling!

“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va Siz uchun yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 233-63-78 telefon raqamidan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning:

rasmiy veb-sayti: “Uzpsb.uz”;

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi manzili: https://t.me/UzSQB;

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi manzili: https://www.facebook.com/uzpsb;

UzPSB Mobile mobil banking dasturini yuklab olish manzili:

Android dasturi uchun;

iOS dasturi uchun.

“O‘zsanoatqurilishbank” har bir xodimining oliy fazilati – bu mijozlarga sidqidildan ximat qilish, eng oliy burchi esa – jonajon O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdir!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют