» » Samarqandlik mammologlar avval O‘zbekistonda o‘tkazilmagan operatsiyalarni amalga oshirmoqda

Samarqandlik mammologlar avval O‘zbekistonda o‘tkazilmagan operatsiyalarni amalga oshirmoqda


Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi, deb yozadi “Samarkandskiy Vestnik” gazetasi.

Ayni paytda muassasa xodimlarini malaka oshirish uchun chet mamlakatlarga yuborish, xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish ishlari olib borilmoqda.

Hindistonning BLK klinikasida samarqandlik mammologlar avval O‘zbekistonda o‘tkazilmagan operatsiyalar uslubini o‘rganib qaytdi. Masalan, Parvina Zaripova lampektomiyani o‘tkazishni o‘rgandi.

“Operatsiya mohiyati shundaki, ko‘krak bezi saratonida shish joylashgan ko‘krakning faqat bir qismi olib tashlanadi, — dedi P. Zaripova. — Radikal mastektomiya (ko‘krakning to‘liq olib tashlanishi) ayol uchun stress hisoblanadi, bu usul esa bemor ko‘kragining 70 foizigacha qismini saqlab qolib, unga ruhiy travma bermaslik imkonini beradi”.

Samarqandga qaytgach, shifokor bunday operatsiyalarni amalga oshirishga ham ulgurdi.

Nashr qayd etishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 8 xil yo‘nalishdagi 62 ta yuqori texnologiyali operatsiyalar o‘tkazilgan. Bunday jarrohlik aralashuvlari hatto poytaxtda ham olib borilmaydi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют