» » “Yuventus” Italiya Kubogining finaliga ilk qadamini tashladi. Bugun “Milan” o‘z uyida “Latsio”ni qabul qiladi

“Yuventus” Italiya Kubogining finaliga ilk qadamini tashladi. Bugun “Milan” o‘z uyida “Latsio”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalidan joy olgan birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

Mazkur jamoalarning A seriya doirasidagi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bu safar Italiyaning so‘nggi 6 yillikdagi chempioni “Yuventus”ga Gonsalo Iguainning goli yordam berib yubordi. “Atalanta” safidagi boshqa bir argentinalik futbolchi esa penaltidan aniq foydalana olmadi.

Bugun — 31-yanvar kuni yarim finalning ikkinchi juftligi doirasida “Milan” va “Latsio” klublari o‘zaro maydonga chiqadi. Ular ikki kun avval A seriya doirasida to‘qnash kelganida, Gattuzo boshchilik qilayotgan milanliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Yarim finalning javob o‘yinlari 28-fevral sanasiga tayin qilingan. Qayd etish kerak, kecha “Yuventus”ga imkoniyatni boy bergan “Atalanta” o‘tgan bosqichda A seriya yetakchisi “Napoli”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Italiya Kubogi

Yarim final

30-yanvar, seshanba

Gol: Gonsalo Iguain, 3 (0:1).

Noaniq penalti: Alexandro Gomes, 25 (A).

31-yanvar, chorshanba

“Milan” — “Latsio” 00:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют