» » Arnold Shvarsenegger o‘zining Bugatti Veyron avtomobilini 2,5 mln dollarga sotdi

Arnold Shvarsenegger o‘zining Bugatti Veyron avtomobilini 2,5 mln dollarga sotdi


AQShlik taniqli arktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o‘zining Bugatti Veyron avtomobilini 2,5 million dollarga sotdi, deb xabar beradi “Motor”.

Avtomobilni lyuks mashinalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Obi Okeke xarid qildi. U 1600 kilometr yurgan Bugatti Veyron’ni qayta sotadi.

Grand Sport Vitesse modifikatsiyasiga kiruvchi avtomobilni Shvarsneggerning o‘zi 2014-yilda olgan edi. U 1200 ot kuchiga va sakkiz litrli W16 dvigateliga ega.

Avtomobil 2,6 soniya ichida 100 kilometr/soat harakatlana oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 410 kilometrni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют