» » O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi aniqlik kiritdi

O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi aniqlik kiritdi


Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekistonda go‘sht narxining oshishi sabablariga aniqlik kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta’minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi oshib ketishiga olib kelmoqda.

Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda mol go‘shti narxi 35,9, qo‘y go‘shti narxi 31,4, parranda go‘shti narxi esa 33,1 foizga oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют