» » Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi investitsiya muhitiga qiziqish bildirmoqda

Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi investitsiya muhitiga qiziqish bildirmoqda


Avval xabar berilganidek, Urganchda O‘zbekiston va Janubiy Koreya tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, yangi qo‘shma korxonalar barpo etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan biznes forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Janubiy koreyalik ishbilarmonlarda viloyat tadbirkorlari va hunarmandlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma katta taassurot qoldirdi.

— Forum mamlakat, xususan, Xorazm viloyatining eksport, investitsiya va turistik salohiyatini yanada oshirish, ikki davlat ishbilarmonlari xamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi, — dedi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J. O‘roqov. — Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilishga qo‘shimcha rag‘bat ham deyish mumkin. Bugungi kunda Janubiy Koreyaning qurilish, kosmetika, savdo, zargarlik sanoati sohalaridagi 30 dan ortiq yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi investitsiya muhitiga qiziqish bildirmoqda.

Forum doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarni o‘rtaga tashladi va muhokama qildi. Koreyalik tadbirkorlar mamlakatda yaratilgan qulay investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishdi.

— Koreyalik ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonga katta qiziqish bilan qaraydi, — deydi Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari Kim Yon Gu. —O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy savdo hamkori hisoblanadi. Jumladan, Janubiy Koreyaning mintaqa davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining yarmidan ko‘pi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelishi ham fikrimni tasdiqlaydi.

Biznes forum doirasidagi tadbirlar muloqotlarga boy bo‘ldi. Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va o‘z faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan viloyatdagi yirik korxonalarning 150 dan ortiq vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yaqin kunlarda yanada mustahkamlanadi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zolari qadimiy Xiva shahrining tarixiy obidalarini tomosha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют