» » Ikki kishini o‘ldirishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda ushlandi

Ikki kishini o‘ldirishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda ushlandi


Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ikki voyaga yetmagan shaxsning vahshiyona o‘ldirilishida gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlatga qochib ketishga uringanda IIVning xalqaro hamkorlik boshqarmasi muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

“Jinoyatchilikning millati va chegarasi yo‘q. Shuni hisobga olgan holda, bugungi kunda bizda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondagi hamkasblarimiz bilan idoraviy muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etilgan”, — deydi ichki ishlar vazirligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Shohruh G‘iyosov.

Qayd etilishicha, hozirda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon va kelajakda Afg‘oniston, Pokiston va Turkiya kabi davlatlar bilan shu kabi guruhlarni tuzish masalalari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 9) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют