» » Shavkat Mirziyoyev akademik Azizxon Qayumovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev akademik Azizxon Qayumovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston rahbariyati navoiyshunos olim, akademik Azizxon Qayumovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Ta’ziyanoma matni O‘zAda e’lon qilindi.

“O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Atoqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Azizxon Po‘latovich Qayumov 92 yoshida vafot etdi... Atoqli olim, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Azizxon Qayumovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi ta’ziyanoma matnida.

Ta’ziyanoma Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, bosh vazir Abdulla Aripov, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev nomidan e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют